Huawei 1
Buxoroda tanishini pichoqlab, o‘ldirgan erkak 23 yilga qamaldi

Buxoro viloyatining Kogon shahrida o‘zaro kelishmovchilik oqibatida tanishini pichoqlab o‘ldirgan erkakka 23 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, qotillik 2024 yilning 13 oktyabr kuni sodir bo‘lgan. Sudlanuvchi erkak kelishmovchilik oqibatida tanishlari N.A. (ayol) hamda U.D. (erkak)ni qasddan o‘ldirishni maqsad qilib, ularning tanasining turli sohalariga oshxona pichog‘i bilan urgan. Oqibatda U.D. shahar tibbiyot birlashmasida olgan tan jarohatlari bilan vafot etgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Kogon shahar sudida ushbu qotillik yuzasidan sud ishi yakunlandi.

Sud ayblanuvchiga Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “j” bandi bilan 20 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 25 orqali 97-moddasi 2-qismi “a”, “j” bandlari bilan 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Shuningdek, Jinoyat Kodeksining 59-moddasiga (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) asosan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 23 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30400 | Инструменты