Huawei 1
Ibrahimovich qachon faoliyatini yakunlamoqchi ekanini aytdi

Italiyaning “Milan” klubi shvetsiyalik hujumchisi Zlatan Ibrahimovich faoliyatini qachon yakunlashi haqida berilgan savollarga javob berdi.

“Futbol – mening kelajagim va hayotim. Albatta, ayni paytda maydonga tusha olmayotganimdan xafaman. Jamoada ishlar joyida emas va men ham ularga yordam bera olmayapman. “Milan”ga yordam berishni juda xohlayapman. Qaytganimdan buyon katta koʻlamdagi ishlarni bajardik, endi bizga faqat bir narsa, faqatgina sovrin yetishmayapti.

Biz titul uchun kurashishda davom etaveramiz.  Men “Milan”ga sovrin yutib bermagunimcha faoliyatimni yakunlamayman”, – deydi shvetsiyalik futbolchi.

Maʼlumot uchun, “rossonerilar” joriy mavsumda Italiya A Seriyasining 27 turidan so'ng 57 ochko toʻplagan holda onlayn turnir jadvalida 2-oʻrinni egallab turibdi. Peshqadam "Napoli" ham shuncha ochko to'plagan, biroq neapolliklarda to'plar farqi milanliklarga qaraganda yaxshiroq ko'rsatkichga ega.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42919 | Инструменты