Huawei 1
Ispaniyani yengib, Germaniyani guruhda qoldirib ketgan Yaponiya JCHning qaysi bosqichigacha bormoqchi? Murabbiy javob berdi

Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi Hajime Moriyasu Jahon chempionati guruh bosqichi 3-turidan oʻrin olgan Ispaniyaga qarshi bahsdan soʻng (2:1) oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

“Barcha muxlislarimizga, yapon xalqiga qoʻllab-quvvatlashgani uchun katta rahmat. Sizning sharofatingiz bilan ushbu qiyin oʻyinda gʻalaba qozona oldik. Barchaga bu gʻalabani taqdim eta olganimdan xursandman, endi yangi maqsad — chorak finalga chiqish.

Futbolchilarimiz jahon arenasida oʻzgacha kurash saviyasini koʻrsatishmoqda va biz chorak finalga chiqish orqali rekordimizni yangilab, uni yanada yaxshilashni istardik”, — deydi Moriyasu FIFA rasmiy saytiga.

Eslatib o‘tamiz, nimchorak finalda Yaponiya 5-dekabr kuni Xorvatiya bilan oʻynaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102216 | Инструменты