Huawei 1
Jahon chempioniga aylangan Messi terma jamoadagi faoliyatini tugatadimi? Futbolchi javob berdi

Argentina terma jamoasi safida Jahon chempionati chempioni va turnirning eng yaxshi oʻyinchisiga aylangan Lionel Messi xalqaro faoliyatini davom ettirishi haqidagi savolga javob berdi.

“Bunga aqlbovar qilmaydi. Bu yaratganning inʼomi, u menga jahon kubogini sovgʻa qilishiga ishongandim. Bu barchamiz uchun ulkan baxt, yutuq va quvonch.

Jahon chempionligi — azaliy va ulkan orzum edi. Terma jamoadagi faoliyatimni chempionlik bilan yakunlamoqchi edim. Bundan ortigʻini soʻray olmasdim. Terma jamoa bilan xayrlashamanmi? Yoʻq, Argentinani hali tark etmoqchi emasman. Men Argentina libosida jahon chempioni sifatida toʻp surishni davom ettirmoqchiman”, — deydi Messi.

Maʼlumot uchun, argentinaliklar sardori JCH-2022’da turnirning eng yaxshi oʻyinchisiga atalgan “Oltin toʻp”ga ega chiqdi. PSJning 35 yoshli forvardi 7 oʻyinda 7 ta gol urib, 3 ta golga assistentlik qildi. Shuningdek, Messi Argentina bilan 3-sovringa ega chiqib, Maradonani ortda qoldirdi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120504 | Инструменты