Huawei 1
Maradona yoki Messi? Anchelotti qiyin tanlovli savolga javob berdi

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi italiyalik bosh murabbiyi Karlo Anchelottidan Lionel Messi va Diego Maradonadan birini tanlashni soʻrashdi.

“Maradona yoki Messi? Bu qanday savol boʻldi? Men Diegoga qarshi oʻynaganman, unga nisbatan hurmatim uchun ham Maradonani tanlayman”, — deydi Madrid klubining italiyalik bosh murabbiyi.

Avvalroq, Karlo Anchelotti oʻzi oʻynagan eng yaxshi oʻyinchilar orasida Maradonani tengsiz deb bilishini aytgandi.

Eslatib oʻtamiz, Anchelotti “Milan”dagi futbolchilik faoliyati davomida “Napoli” yetakchisi boʻlgan Diego Maradonaga qarshi toʻp surgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101618 | Инструменты