“Al Nassr” vingeri Jaloliddin Masharipovga Saudiya Arabistonining ikki klubi — “Al Taavon” (chempionatda 5-o‘rin) hamda “Al Batin” (autsayder) qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Al Midan” nashri xabar bermoqda.
Masharipov bo‘yicha yakuniy qarorni esa jamoa murabbiyi Rudi Garsiya qabul qiladi.
Shu o'rinda Rudi Garsiya qaroriga ko‘ra, ertangi Saudiya chempionati doirasida "Al-Xalij"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv qaydnomasiga kiritilmadi.
Saudiya futbol federatsiyasining qoidalariga ko‘ra, har bir jamoa o‘yinlarga uzog‘i bilan 7 nafar legioner jalb qila oladi.
Ma’lumot uchun, Garsiya ketma-ket uchinchi uchrashuvda ham Masharipovni qaydnomaga kiritmadi.
Avvalroq, Krishtianu Ronalduning "Al Nassr"ga o'tishi haqidagi xabarlardan so'ng, 7-raqam egasi Jaloliddin Masharipov mazkur jarayonga munosabatini bildirgandi.
"Al Nassr"da pul ko'p emas, juda ko'p. Eshitishimcha, klub Ronalduga shartnoma taklif qilgan. Keladimi yo'qmi o'zi hal qiladi. O'zida qolgan gap. Ronaldu baribir Ronaldu. Unga yettinchi raqamni bersak hursand bo'lamiz. Bunday futbolchilarni hurmat qilish kerak. Masharipovdan 7-raqamni qandaydir Osiyo yoki yevropalik futbolchi emas, Ronaldu olmoqda",- degan edi o'shanda Masharipov.
29 yoshli o‘zbekistonlik “Al Adalx” (2:0) hamda “Al Hilol”ga (2:2) qarshi bahslarda qaydnomaga kiritilmagandi. Masharipov joriy mavsum Saudiya Arabistoni chempionatida bitta uchrashuvda qatnashgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21107 | Инструменты