Huawei 1
Messi AQShni tanladi: Messi Devid Bekxemning klubi bilan shartnoma imzoladi

Lionel Messi Qatardagi jahon chempionatidan so‘ng, “PSJ”dagi vaziyat o‘zgargani bois, klubni tark etishga qaror qildi va Amerika Qo‘shma Shtatlariga yo‘l oldi. Argentinalik futbolchi uchun o‘zining jonajon klubi "Barselona" va Saudiyaning “Al-Hilol” klublariga qarshi kurashda MLS ligasi vakili “Inter Mayami” kutilmaganda g‘alaba qozondi.

Biroq ushbu kelishuvga Apple va Adidas bilan hamkorlik varianti ham kiritilgani tufayli yetti karra “Oltin to‘p” sohibiga ajoyib moliyaviy shartlar taklif qilingan bo‘lishi ehtimoli yuqori.

Leo “PSJ”dan “Inter”ga o‘tish haqida kecha, 7-iyun kuni Ispaniyaning Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi. Messining aniqlik kiritishicha, u klub bilan shartnoma shartlari bo‘yicha “yuz foiz” kelishmagan, ammo “sayohatini MLSda davom ettirishga qaror qilgan”. O‘zining tanlovi haqida tushuntirar ekan, argentinalik futbolchi “AQSh ligasida bo‘lish va futbol bilan avvalgidan ko‘ra o‘zgacha mashg‘ul bo‘lish navbati kelganini”, “kun sayin bundan zavq olishini” qo‘shimcha qilgan.

Bu yangilik jahon futbolida anchadan beri bo‘lmagan e’tiborga molik voqelikka aylandi. Lionel Messi 2023-yilda boshlangan professional faoliyatida ilk bor Yevropani tark etdi. Argentina terma jamoasining o‘tgan yil oxirida Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatidagi g‘alabasi uning maqomini yanada oshirgan edi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91416 | Инструменты