“Messi hech qachon “Barsa”ga qaytmaydi. Uning ortga qaytishi bo'lmagan gap”, — fransuz nashri
Fransiyaning PSJ klubi hujumchisi Lionel Messi “Barselona”ga qaytmaydi va faoliyatini Parijda davom ettirmoqchi. Bu haqda “RMC Sport” nashri xabar bermoqda.
“Messi hech qachon “Barselona” uchun o‘ynamaydi. Uning ortga qaytishi bo‘yicha muzokaralar bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham. Unga hatto MLS’dan taklif tushgan, lekin hech qachon jiddiy qaramagan. Leo Yevropada qolib, g‘alaba qozonishda davom etish istagida”, — deb yozadi manba.
Shuningdek, nashr argentinalikning PSJ bilan 2024-yil yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolash istagida ekanini ta’kidladi. Parij jamoasi esa Messi bilan 2025-yilga qadar bitim imzolamoqchi.
Eslatib o'tamiz, Messi 2021-yilning yozida “Barselona”ni tark etgan edi. 35 yoshli futbolchi joriy mavsum PSJ safidagi barcha musobaqalarda 20 ta o‘yinda ishtirok etib, 13 ta gol va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Avvalroq, Messi TOP-5 chempionatlarda gol urish bo‘yicha Ronaldudan o‘tib ketgani haqida xabar bergan edik.
Mavzuga doir:
Lionel Messiga Saudiya Arabistonining 2 klubi 350 mln yevro maosh to'lashga tayyor
“Messiga qarshi 90 daqiqa himoyalanganimni bolalarimga aytib beraman”, — Xorvatiya himoyachisi
Alpha version: 0.9.1.19 build 112615 | Инструменты