Huawei 1
Muhammad Saloh “Liverpul”ni tark etishi mumkin

Misrlik futbolchi, Angliyaning “Liverpul” klubi hujumchisi va Misr terma jamoasi sardori Muhammad Saloh 2024/2025 yilgi mavsum yakunida, shartnomasi tugagach, “mersisaydliklar” safini tark etishi mumkin

Futbol nashriga ko‘ra, “Nyukasl Yunayted” klubi hamda Angliya terma jamoasining 23 yoshli futbolchisi Entoni Gordon Saloh o‘rnini bosishi mumkin.

Oldingi transfer oynalarida Saloh Saudiya Pro-ligasiga o‘tish bilan qattiq bog‘langan va “Al-Ittihod” 2022 yil yozgi transfer oynasida 150 million funt sterlinglik taklif bilan muvaffaqiyatsizlikka uchragandi. Ya’ni Saloh taklifni rad etgandi.

Ma’lumot uchun, Saloh 2017-yilning yozida “Liverpul”ga o‘tgan edi. Bu davrda u barcha turnirlarda 350 ta uchrashuvda qatnashib, 212 ta gol va 90 ta golli uzatmani amalga oshirgan. APL’ning birinchi turida “Ipsvich”ga qarshi o‘ynagan Muhammad Saloh 1 ta gol va bir golli uzatmani amalga oshirib, jamoasi g‘alabasiga hissa qo‘shdi. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 55 million yevroni tashkil qiladi. Hujumchining “mersisaydliklar” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga yetadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91317 | Инструменты