Huawei 1
"O‘zaviatsiya" agentligi hamda Qatar Davlati Aviatsiya ma’muriyati delegatsiyalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2024-yilning 16-oktabr kuni Samarqand shahrida "O‘zaviatsiya" agentligi delegatsiyasi bilan Qatar Davlati Aviatsiya ma’muriyati delegatsiyasi o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda tomonlar inspektorlarni tayyorlash va malakasini oshirish, xalqaro havo transportini rivojlantirish, ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, ICAO auditiga tayyorgarlik ko‘rish, o‘tkazish bo‘yicha tajriba almashish va hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha kelishib oldilar.

Shuningdek, tomonlar O‘zbekiston vakillarining Qatar Hukumatining grant dasturlari asosida meteorologiya, havodagi harakatni boshqarish, uchuvchilik va muhandislik yo‘nalishlarida aviatsiya mutaxassislarini tayyorlash dasturlarida ishtirok etish masalalarini muhokama qildilar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101622 | Инструменты