Huawei 1
Toshkentdagi Miran mehmonxonasi hududida chiqqan yong’in bir soatdan uzoq vaqt davomida o’chirildi

Bugun, 16-oktabr kuni soat 17:17 da Toshkent shahar, Mirobod tumani, Shaxrisabz ko‘chasida joylashgan mehmonxonalar birining rekonstruksiya qilinayotgan binosini tom qismida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, 14 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 17:24 da yetib borib, yong‘in soat 18:19 da qurshab olingan va soat 19:16 da bartaraf etildi.

Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmadi.

Hodisa joyiga Favqudodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev yetib borib, yong‘inni bartaraf etish jarayonini boshqarib bordi.

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101622 | Инструменты