O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi Jahon chempionati yarim finaliga chiqishdi
Turkiyada bo‘lib o‘tayotgan nogiron-amputantlar o‘rtasidagi Jahon chempionati bahslari nihoyalay deb qoldi.
Bugun, 6-oktabr kuni O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi chorak final doirasida Italiyaga qarshi bahs olib bordi va yirik 5:1 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l olishdi.
Mezbon Turkiya hamda Marokash terma jamoalari o‘rtasidagi bahs g‘olibi bizning yarim finaldagi raqibimiz bo‘ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22204 | Инструменты