O‘zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi nimchorak finalda yirik hisobda g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqishdi
Turkiyaning Istanbul shahrida nogiron-amputantlar oʻrtasidagi futbol boʻyicha Jahon chempionati bahslari davom etmoqda.
Bugun, 5-oktyabr kuni Rustam Mehmonov shogirdlari turnirning nimchorak finali doirasida Kolumbiyaga qarshi saf tortishdi. Oʻyinda vakillarimiz Aziz Abdurahmonovning xet-triki va tajribali hujumchi Abdujamil Shukurovning goli evaziga yirik hisobda zafar quchib, musobaqaning chorak finaliga yoʻllanma oldi.
Oʻzbekistonning ushbu bosqichdagi raqibi Eron – Italiya oʻyini gʻolibi boʻladi. Chorak final bahslari ertaga, 6-oktyabr kuni oʻtkaziladi.
Avvalgi natijalar:
- O‘zbekiston amputantlar terma jamoasining nimchorak finaldagi raqibi ma’lum bo‘ldi
Alpha version: 0.9.1.19 build 22203 | Инструменты