Huawei 1
Oʻzbekiston Misrga qarshi toʻliq oq libosda oʻynaydi

Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi ertaga Parij Olimpiadasidagi navbatdagi oʻyinini Misrga qarshi oʻtkazadi. Mazkur oʻyinda futbolchilarimiz toʻliq oq libosda, darvozabonimiz esa yashil libosda maydonga tushadi.

Uchrashuvni esa okeaniyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam — Kavana-Vauf Kempbell (Yangi Zelandiya), unga qanotlarda Trevis Isaak (Yangi Zelandiya) va Mutukera Bernard (Solomon orollari) yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi Hamilton Odettega (Yamayka) topshirilgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston — Misr oʻrtasidagi oʻyin 27-iyul soat 20:00 da “Stade de la Beaujoire” — “Bojuar” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90801 | Инструменты