Huawei 1
O‘zbekiston U-20 terma jamoasi ustozi: "Penaltilardan foydalanishni ko‘p marotaba mashq qilgandik"

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Farhod Nishonov chorak final doirasidagi Koreya Respublikasi – O‘zbekiston (3:3, penaltilar bo‘yicha – 3:1) uchrashuvidan keyin fikrlarini bildirdi.

Mutaxassis mag‘lubiyatga qaramay,  jamoasining turnirdagi umumiy ishtirokdan mamnunligini taʼkidladi.

"Yakunda natija bizning foydamizga hal bo‘lmagan bo‘lsa-da, futbolchilarim juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi.

Biz penaltilardan foydalanishni ko‘p marotaba mashq qilgandik, lekin baʼzida futbol shunday, hammasi sen xohlaganingdek bo‘lavermaydi.

O‘yindan o‘yinga kuchayib bordik. Agar bu o‘yinda g‘alaba qozonganimizda, balki yana chempion bo‘lishimiz mumkin edi. Umuman olganda, men bu yerda o‘tkazgan to‘rtta o‘yinimizdan juda mamnunman”, – dedi Nishonov.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22419 | Инструменты