O‘zbekistonlik FIFA referisi Ilgiz Tantashev va Andrey Sapenko futbol bo‘yicha Osiyo kubogining hal qiluvchi o‘yinida zaxira hakamlari sifatida faoliyat olib boradi. Bu haqda O‘zbekiston futbol hakamlari markazi ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, Tantashev zaxira hakami, Sapenko esa zaxira yordamchi hakami deb qayd etilgan. Iordaniya-Qatar bahsi bosh hakamligi xitoylik Ma Ning boshchiligidagi jamoaga ishonib topshirildi.
Qayd etish joiz, Ilgiz Tantashev Osiyo kubogida jami 3 ta o‘yinni boshqardi. Jumladan, unga nimchorak finaldan o‘rin olgan Saudiya Arabistoni va Janubiy Koreya uchrashuvi ham ishonib topshirildi.
Ma’lumot uchun, Iordaniya – Qatar bahsi 10 fevral kuni soat 20:00 da Doha shahridagi “Lusail” stadionida o‘tkaziladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 101003 | Инструменты