Kecha, 22-avgust, seshanba kuni OCHL saralash bosqichida O‘zbekistonning ikki klubi kuni o‘z o‘yinlarini o‘tkazdi.
Namanganning “Navbahor” jamoasi “Al-Vakra”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning asosiy bo‘limlarida hisob ochilmadi.
Gʻolib nomini aniqlash uchun belgilangan qo‘shimcha bo‘limlarda namanganliklar hisobni ochdi. 98-daqiqada Doniyor Abdumannopov o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
Qolgan daqiqalarda esa gol urilmadi va Samvel Babayan jamoasi OCHL guruh bosqichiga yo‘l oldi.
Yana bir bahsda AGMK “Al-Arabi”ga qarshi maydonga tushdi. Birinchi bo‘limda darvozalar ishg‘ol etilmadi. Ikkinchi bo‘limda esa Ruben Sanches olmaliqliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ushbu gol o‘yinda yagonaligini saqlab qoldi va AGMK ham OCHL guruh bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa 2016 yildan so‘ng ilk bor O‘zbekistonning 4 klubi OCHL guruh bosqichida ishtirok etadi.
Qayd etish mumkin, 24 avgust kuni soat 13:00 da OFK bosh qarorgohida Chempionlar ligasining yangi mavsumiga qur’a tashlanadi.
Qur’ada “Paxtakor” 1-savatdan, “Nasaf” 2-savatdan joy oladi. Shuningdek, saralash orqali musobaqaga qo‘shilgan “Navbahor” hamda AGMK jamoalari 4-savatdan o‘rin egallaydigan bo‘ldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112521 | Инструменты