Unda logistika va elektron tijorat markazlari, nufuzli brendlar, zamonaviy mehmonxonalar va turar joylarni qamrab olgan yaxlit ekotizim yaratiladi. Kelasi yildan aviayoqilg‘i narxi jahondagi o‘rtacha narxga bog‘langan holda shakllantiriladi. Aviayoqilg‘i aksiz solig‘idan ozod etilib, QQSning 0 stavkasi qo‘llaniladi.
So‘nggi yillarda O'zbekistonda 11 ta xalqaro aeroport zamonaviy talablar asosida rekonstruksiya qilindi. Mo‘ynoq, Qo‘qon, Zomin, Arnasoy, Shahrisabz, Sariosiyo va So‘xdagi aeroportlar tiklanib, ular soni 18 taga yetdi. Urganch, Samarqand, Buxoro va Namangan aeroportlari xususiy sheriklik asosida investorlarga ishonchli boshqaruvga berildi.
Joriy yilda aviatsiya orqali yo‘lovchi tashish hajmi 17 mln nafarni tashkil etadi, yaqin yillarda mazkur ko‘rsatkichni 25 mln nafarga yetkazish maqsad qilingan.
Saudiya Arabistoni, Yaponiya va Janubiy Koreya kompaniyalari bilan hamkorlikda 1,3 ming gektarda yangi xalqaro aeroport barpo etilmoqda. Ushbu aeroportga tutash 800 gektar maydonda $5 mlrdlik “Aerocity” loyihasi amalga oshiriladi. Unda logistika va elektron tijorat markazlari, nufuzli brendlar, zamonaviy mehmonxonalar va turar joylarni qamrab olgan yaxlit ekotizim yaratiladi.
Mutasaddilarga kelgusi yilning 1-iyuligacha hududning master-rejasini yakunlab, mahalliy va xorijlik investorlarga taqdim etish topshirildi.
Kelgusi yildan aviayoqilg‘i narxi jahondagi o‘rtacha narxga bog‘langan holda shakllantiriladi. Aviayoqilg‘i aksiz solig‘idan ozod etilib, QQSning 0 stavkasi qo‘llaniladi.
Ehtiyot qismlar uchun bojxona boji bo‘yicha imtiyoz 2040-yilgacha uzaytiriladi. Havo kemalari, dvigatellar va agregatlar ijarasiga ham QQSning 0 stavkasi tatbiq etiladi.
Mutasaddilarga rezident aviakompaniyalarga ehtiyot qismlar importi bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini bir kunda qaytarish tizimini yo‘lga qo‘yish topshirildi.
Mavzuga doir:
Toshkent – Chorvoq, Samarqand – Buxoro va Taxtaqoracha dovonidagi yo‘llarda $1,8 mlrdlik loyihalar amalga oshiriladi;
Jahon banki, OTB va boshqa xalqaro banklar bilan Surxondaryo, Qashqadaryo, Sirdaryo, Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi yirik trassalar ta’mirlanadi;
Prezident: Bizga bugun arzon qurilib, ertaga yana budjetdan pul talab qiladigan yo‘l emas, uzoq yil xizmat qiladigan sifatli yo‘l kerak!;
Prezident Jahon banki bilan birgalikda temir yo‘l sohasida yangi tarif siyosati ishlab chiqilganini ma’lum qildi.
2030-yilgacha 545 km temir yo‘l liniyalari quriladi, elektrlashtirilgan yo‘llar ulushi 65% ga, elektropoyezdlar parki 31 taga yetkaziladi;
O'zbekistondan Kaspiy, Qora dengiz, Sharqiy Xitoy dengizi va Boltiqbo‘yi davlatlari portlarigacha blok-poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Alpha version: 0.9.1.19 build 112712 | Инструменты