Shuningdek, Prezident O‘zbekiston xalqaro fuqaro aviatsiyasi universitetini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi. Buning uchun Yangi Toshkent hududidan 20 gektar yer ajratiladi. Universitet hududida zamonaviy kampus, o‘quv-simulyatsiya va ilmiy-tadqiqot markazlari joylashadi.
Mahalliy uchuvchilarni tayyorlash va ishga olish majburiyatini olgan aviakompaniyalar uchun alohida yengilliklar beriladi. Bu haqda Prezident bugun transport-logistika sohasidagi investor va tadbirkorlar bilan uchrashuvda aytib o'tdi. Ular jalb qilgan xorijlik mutaxassislarga ijtimoiy soliq stavkasi 1% etib belgilanadi. Bunday mutaxassislarga ruxsatnoma berish uchun yig‘im miqdori 30 barobar kamaytiriladi.
Yaratilayotgan sharoitlar hisobiga havo kemalarining sonini kelgusi yilda 150 taga, 2030-yilga qadar kamida 250 taga yetkazish vazifasi qo‘yildi.
Xalqaro aeroportlarning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida ular 2030-yilgacha mol-mulk va yer soliqlaridan ozod etiladi. Bunda tejalgan mablag‘larni aeroportlar infratuzilmasini rivojlantirishga yo‘naltirish shart bo‘ladi.
Prezident O‘zbekiston xalqaro fuqaro aviatsiyasi universitetini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi. Buning uchun Yangi Toshkent hududidan 20 gektar yer ajratiladi. Universitet hududida zamonaviy kampus, o‘quv-simulyatsiya va ilmiy-tadqiqot markazlari joylashadi.
Mavzuga doir:
Toshkent – Chorvoq, Samarqand – Buxoro va Taxtaqoracha dovonidagi yo‘llarda $1,8 mlrdlik loyihalar amalga oshiriladi;
Jahon banki, OTB va boshqa xalqaro banklar bilan Surxondaryo, Qashqadaryo, Sirdaryo, Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi yirik trassalar ta’mirlanadi;
Prezident: Bizga bugun arzon qurilib, ertaga yana budjetdan pul talab qiladigan yo‘l emas, uzoq yil xizmat qiladigan sifatli yo‘l kerak!;
Prezident Jahon banki bilan birgalikda temir yo‘l sohasida yangi tarif siyosati ishlab chiqilganini ma’lum qildi.
2030-yilgacha 545 km temir yo‘l liniyalari quriladi, elektrlashtirilgan yo‘llar ulushi 65% ga, elektropoyezdlar parki 31 taga yetkaziladi;
O'zbekistondan Kaspiy, Qora dengiz, Sharqiy Xitoy dengizi va Boltiqbo‘yi davlatlari portlarigacha blok-poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
O'zbekistonda $5 mlrdlik “Aerocity” barpo etiladi
Alpha version: 0.9.1.19 build 112713 | Инструменты