Huawei 2
ОФК Ўзбекистон футбол ассоциациясини жазолади

Осиё футбол конфедерацияси Ўзбекистон футбол ассоциациясини жаримага тортди.

Шу йилнинг ноябрь ойида Осиё чемпионати U-19 саралаши доирасида Саудия Арабистонига қарши кечган ўйиндан кейин терма жамоамиз футболчилари ва мураббийлари томонидан амалга оширилган тартибсизликлар туфайли эндиликда ЎФА ОФКнинг Тартиб-интизом ва этика Кодекси 53.1- моддасига асосан 2730 АҚШ доллари миқдорида жарима тўлаши керак.

Бу пуллар 30 кун ичида ОФК ҳисоб-рақамига ўтказилиши зарур. Агар бундай хатти-ҳаракат ЎФА терма жамоалари томонидан яна такрорланадиган бўлса, жазо чораси қатъийроқ бўлиши хабар қилинган.

Эслатиб ўтамиз, айни Саудия Арабистонига қарши ўйиндан кейинги ҳаракатлари учун Отабек Ғуломхўжаев бошчилигидаги Ўзбекистон U-19 мураббийлар штаби тарқатиб юборилганди. Ҳозирда бу терма жамоани Темур Копадзе бошқармоқда.

Izohlar: 8
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish
  • olim
    0
    olim 4 yil avval

    hech qachon jahon chempionati ga chiqa olmaydi bular afsus u dunyo bu dunyoda

  • Zavqiddin
    0
    Zavqiddin 4 yil avval

    Oʻzi bizdagi murabbiylar shunday oʻynashgan xafa boʻlish kerak emas olmani tagiga olma tushadida

  • s.raximov
    8
    s.raximov 4 yil avval

    Ajab boʻpti. Bularni oʻzboshimchaligu uchun federatsiyasi jarima toʻlaydi. Oʻz kuchini maydonda emas bilakda koʻrsatadigan insonlar bilan qanaqa qilib jahon chempionatiga chiqar ekanmizaaa..!????

  • Yusufbek
    0
    Yusufbek 4 yil avval

    Xafa bulmanglar murabbiylar sizlarni tanqid qilmoqchiman, gap bu jazo tugrisida ketmayapti. Gap futbol uynashda ketayapti. Yevropa terma jamoalarida yoki osiyoni grand terma jamoalari tarkibini asosiy qismiga etibor bering 17, 18 19 yosh bolalar terma jamoa uchun utnayapti va kuchli kuchli klublar etiboriga tushayapti. Milliy terma jamoamizda eng yosh futbolchi 21 yosh bulsa kerak eng yoshi kattasi esa 33 yosh agar shu yoshi katta futbolchilar maydondan olinsa yoki jaroxat yoki sariq kartochkalar tufayli maydonga tusha olmasa uyinni yutqazamiz nimaga? Deylik 2020 yil Tokioda buladigin olimpiada uyinlari uchun tayorgarlik kurgan terma jamoalar 2020 yilda 22 23 yosh buladigin futbolchilarni olib keldi 2018 yilgi osiyo chempionatiga va jamoa qurishni usha paytdan boshladi bu uz samarasini 2019 yil Jakartada bulgan Osiyo uyinlarida meva berishni boshladi va 2020 yilga kelib tuliq shakllangan jamoa paydo buldi... Bizchi? Biz nima qildik 2020 yil olimpiadaga tayorgarlik kurishni boshlash urniga biz qayoqdagi U-23 osiyo chempionligini yutdik xolos usha tarkibdan xozir kim bor? Tarkib butunlay yangilandi olimpiadaga yullanma beruvchi Osiyo chempionatiga 1 oy vaqt bor lekin ayrim futbolchila uje 23 yosh bizni futbol umuman rivojlanmaydi Javohir Siddiqov nimaga legioner bula olmadi sababi yoshi 23 da uzidan kichkina tajribasi yuq bulgan uyinchilani ichidagina kuzga tashlandi biz qachonki 2024 yil buladigon olimpiadani 2018 yil uylab 2024 yil 21 22 yosh buladigon bollani tarbiyalab tayorlab bormas ekanmiz bizda rivojlanish bulmaydi 2026 yil J.Ch yullanmasini olish uchun xozirdan xarakat qilib xozirgi 18 19 yosh bollani terma jamoaga yigib uyinga sayqal berilmas ekan 2090 yilgi J.Chgaxam chiqolmaymiz terma jamoa asosini yosh futbolchila tashqil etishi kerak buning uchun klub asosida yoshlar bulishi kerak buning uchun murabbiyla ishlashi kerak buni xamma mandan xam yaxshi biladi lekin bilgan bilan ish bitmaydi uni bajarish kerak!!!!!

  • Special  one
    1
    Special one 4 yil avval

    Shuncha pul!!!Essiz

  • Waxa
    1
    Waxa 4 yil avval

    Ozi fudbol oynab davlatimz un 2730$ foyda keltirgani yoq ln 2730$ davlat gaznasiga zarar keltiriwdi yawwavorila eee locinla...!

    • Dilshod
      0
      Dilshod 4 yil avval

      Zur yangilik zur ketyapsizlar wu ketiwda honavayron qilasizlar Oldin tuppa tuzik yutqizayotuvdilaring endi slarni yutqazganlaring un davlat gaznasi kamayayapdi Uzi oynayolmayotganlaring un davlat oyligi yetmayotgandimi???

    • s.raximov
      1
      s.raximov 4 yil avval

      Oʻzi bizani futbalistlardan davlatga ham jamiyatga ham bir tinlik foydasi yoʻq. Ozgina oʻzini koʻrsatib Malibu olishni bilishadi bular. Yulduzlik kasali....!?


Tepaga