Peshqadam Mbappemi yoki Messi? Finaldan so'ng “Oltin to'p” mukofoti uchun da'vogarlar reytingi yangilandi
Britaniyaning nufuzli “Goal” nashri Qatarda yakuniga yetgan Jahon chempionati finalidan keyin “Oltin toʻp”ga daʼvogar oʻyinchilar reytingini yangiladi.
Nashr talqiniga koʻra, Argentina terma jamoasi safida jahon chempioni boʻlgan Lionel Messi sovrin uchun bosh daʼvogar boʻlib turibdi. Shuningdek, oʻnlikdan ilk marta argentinalik forvard Xulian Alvares (“Manchester Siti”) ham joy olgan.
“Goal” talqiniga koʻra, “Oltin toʻp”ga daʼvogarlar oʻnligi:
1. Lionel Messi (PSJ)
2. Kilian Mbappe (PSJ)
3. Erling Holand (“Manchester Siti”)
4. Neymar (PSJ)
5. Robert Levandovski (“Barselona”)
6. Vinisius Junior (“Real Madrid”)
7. Kevin de Bruyne (“Manchester Siti”)
8. Xulian Alvares (“Manchester Siti”)
9. Muhammad Saloh (“Liverpul”)
10. Xvicha Kvaratsxeliya (“Napoli”)
Qayd etish joiz, “Oltin toʻp”ning amaldagi sohibi fransiyalik Karim Benzema roʻyxatda top-20 likdan tashqarida qolgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120504 | Инструменты