PSJ – “Bavariya” uchrashuvi uchun futbolchilarga 10 balli sistemada baho qo‘yildi: Messi va Neymar PSJda eng past ball oldi
Fransiyaning PSJ klubining 2 yetakchi hujumchisi Lionel Messi hamda Neymar YChL nimchorak finalidagi “Bavariya”ga qarshi uchrashuvida (0:1) eng past bahoga loyiq deb topildi.
Britaniyaning “Goal” nashru Parij klubi hujumchilari oʻyinini 10 ballik tizimda 4 ballga baholadi — jamoada hech kim bundan pastroq ball olmagan. Ahamiyatli jihati shundaki, nashr ularning o‘yiniga quyidagicha baho bergan — “taʼsirsiz duet”.
Shuningdek, britan nashri Ashraf Hakimi, Nunu Mendesh, Uorren Zair-Emeri va Marko Verrattiga ham xuddi shunday past baho qoʻygan. Karlos Soler, Markinyos va Janluiji Donnarummaga 5 ball nasib etdi. Danilu Pereyraning oʻyini 6 ball bilan baholangan. PSJda eng yuqori ballga esa Serxio Ramos loyiq koʻrilgan — 7 ball.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21103 | Инструменты