“Fenerbaxche” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduni Turkiya klubiga o‘tishga ko‘ndirmoqchi. Bu haqda “The Sun” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis o‘z hamyurtiga shaxsan qo‘ng‘iroq qilib, unga Istanbul klubiga o‘tish taklifini bermoqchi.
“Fenerbaxche” sport direktori Mario Branko “Al-Nasr” bilan Ronalduning ehtimoliy transferi bo‘yicha muzokaralarni boshlagan.
Joriy mavsumda 39 yoshli portugaliyalik futbolchi barcha turnirlarda 15 ta uchrashuvda ishtirok etdi. U 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Krishtianu Ronalduning “Al-Nasr” bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122616 | Инструменты