Huawei 1
Ronaldu Tehronga boradimi?

Saudiyaning «An-Nasr» klubi Osiyo Chempionlar ligasi 1/8 finalining Tehronda «Istiqlol»ga qarshi o‘tkaziladigan o‘yinini neytral maydonga ko‘chirishni so‘radi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Jamoa portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronalduning hayoti va xavfsizligidan xavotirda. Bunga asoslar bor. Masalan, 2023-yil sentyabrida «An-Nasr» Tehronda «Persepolis»ga qarshi o‘yin o‘tkazganida mahalliy fanatlar Ronaldu yashayotgan mehmonxonaga kirishga urinishgan.

Osiyo futbol konfederatsiyasi «An-Nasr»ga rad javobini berdi. O‘yin rejalashtirilganidek, 3-mart kuni «Ozodiy» stadionida o‘tkaziladi. Ronaldu bu o‘yinga borish-bormasligi noma’lum.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30318 | Инструменты