Huawei 1
Zafar Hoshimov “Savdo va servis” uyushmasi raisi lavozimiga tayinlandi

Tadbirkor Zafar Hoshimov 3 mart kuni  “Savdo va servis” uyushmasi raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi ma’lum qildi.

Palata axborotiga ko‘ra, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 7 fevral kuni hududlarda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan. Yig‘ilishda esa tadbirkorlar tomonidan “Savdo va servis” uyushmasini tashkil etish taklifi bildirilib, bu taklif esa Prezident tomonidan ma’qullangan.

“O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi taqdimnomasiga asosan “Savdo va servis” uyushmasi ta’sischilari umumiy yig‘ilishi qarori bilan tadbirkor Hoshimov Zafar Komilovich uyushma raisi lavozimiga tayinlandi”, deya yozilgan xabarda.

Ma’lumot uchun, uyushma O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda faoliyat yuritib, sohadagi strategik rejalarni ishlab chiqish, qonunchilikni takomillashtirish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi belgilangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30400 | Инструменты