Huawei 1
U-20 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston Janubiy Koreyaga mag‘lub bo‘lib, JCHga chiqa olmadi

20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi chorak finalidan o‘rin olgan uchrashuv yakunlandi.

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi chorak finalda Koreya Respublikasi vakillariga qarshi bahs olib borishdi. Asosiy va va qo‘shimcha vaqtlar 3:3 hisobidagi durang bilan yakuniga yetdi. G‘olib esa penaltilar seriyasida aniqlandi. Penaltilar seriyasida esa afsuski Koreya 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa, vakillarimiz JCH yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadilar.

Koreya Respublikasi – O‘zbekiston 3:3 (pen 3:1)

Hakamlar: Qosim Matar Al Xatmi, Nosir Salim Ambusaidi (ikkalasi O‘mon), Haydar Abdulhasan Ali Ubaydi, Zaid Tamer Muhammad (ikkalasi Iroq). 

Nazoratchi: Ryuji Sato (Yaponiya). 

Komissar: Yazin Buhori (Singapur).

Gollar: 0:1 – 18, Asilbek Jumayev (Daler To‘qsonov), 1:1 – 26, Shin Min Ha, 2:1 – 56, Shin Minxa (Yun Duyang), 3:1 – 61, Kim Taevun (Li Geonxi), 3:2 – 90, Muhammadali O‘rinboyev (Ollobergan Karimov), 3:3 – 90+4, Abdug‘afur Haydarov (Muhammadali Raimov).

Koreya Respublikasi: 23.Xon Syon Min, 4.Cho Xeonu, 5.Kim Geol (12.Pak Seungnsu, 71), 7.Son Syonmin (6.Kim Xojin, 89), 10.Kim Taevun, 13.Li Changvu, 14.Baek Minyu (9.Xa Jaengvu, 71), 15.Li Geonxi, 16.Kim Seojin, 20.Shin Minxa, 22.Yun Duyang (11.Kan Juxeok, 89).

Zaxira: 1.Pak Sanyun, 21.Kim Minsu, 2.Bae Xyunseo, 3.Shim Yeonvon, 8.Sun Shin, 17.Jin Tayexo, 18.Li Yechan, 19.Kim Xyunvu.

O‘zbekiston: 12.Muhammadyusuf Sobirov, 2.Saidxon Hamidov (4.G‘iyos Rizoqulov, 82), 5.Aziz To‘lqinbekov (16.Muhammadali Raimov, 60), 6.Ravshan Xayrullayev (17.Ollobergan Karimov, 70), 7.Daler To‘xsanov (11.Murod Komilov, 60), 9.Saidumarxon Saidnurullayev (18.Narimon Ahmadjonov, 82), 10.Muhammadali O‘rinboyev, 13.Behruz Jumatov, 20.Dilshod Abdullayev, 22.Asilbek Jumayev (3.Muhammadali Zohidov, 117), 23.Abdug‘afur Haydarov.

Zaxira: 1.Maksim Murkayev, 8.Amirbek Saidov, 14.Ozodbek Qurbonov, 15.Laziz Mirzayev, 19.Rustam Fomin, 21.Samandar Murodboyev.

Ogohlantirishlar: Daler To‘qsonov (55), Abdug‘afur Haydarov (57), Yun Duyang (65), Li Geonxi (67), Xa Jaengvu (96).

Endi Koreya yarim finalda Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22323 | Инструменты