Huawei 1
Farg‘onada bolalarga noqonuniy diniy taʼlim berayotgan shaxslar aniqlandi

Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan Farg‘ona viloyatida voyaga yetmagan shaxslarga noqonuniy diniy ta’lim bersh holatlari fosh etildi.

18-fevral kuni Uchko‘prik tumani Katta Qo‘shtepa mahallasida yashovchi shaxs xonadonida hujra tashkil qilgani aniqlandi. 52 yoshli shaxs hech qanday ma’lumotga ega bo‘lmay turib, 10 nafar voyaga yetmagan bolaga noqonuniy tarzda diniiy ta’lim bergan.

2024-yil oktabrdan buyon faoliyat ko‘rsatayotgan hujraga o‘quvchilar Toshkent shahri, Qashqadaryo, Namangan viloyatlari hamda Uchko‘prik, Rishton tumanlaridan borgan. Ularning ota-onalaridan oyiga 200 dollardan olingan.noqonuniy diniy ta’lim, фарғона, hujra10-fevral kuni Buvayda tumani Tepalik mahallasida yashovchi 34 yoshli fuqaro turmush o‘rtog‘i bilan uyining yerto‘lasida hujra tashkil qilgani aniqlangan. Ular Surxondaryo, Namangan viloyatlari va qo‘shni tumanlardan bo‘lgan 30 nafar o‘g‘il-qizga (25 nafari voyaga yetmagan) hech qanday ma’lumotga ega bo‘lmasdan noqonuniy tarzda diniiy ta’lim berib kelgan.

19-fevral kuni Marg‘ilon shahri Rohat mahallasida ham 48 yoshli shaxs hujra tashkil qilgani aniqlangan. U xonadonida 30 nafar voyaga yetmagan bolaga noqonuniy diniy ta’lim berib kelgan.

Hozirda har uchala holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22323 | Инструменты