Huawei 1
Rossiya Ukrainani o‘qqa tutdi: qurbon va yaradorlar bor

23 fevralga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Ukraina hududiga 267 ta dron uchirdi. Bu haqda Ukraina harbiy-havo kuchlari o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Xarkov, Poltava, Sumi, Kiyev, Chernigov, Cherkasi, Kirovograd, Jitomir, Xmelnitskiy, Rovno, Nikolayev, Odessa va Dnepropetrovsk viloyatlarida 138 ta dronni urib tushirishga muvaffaq bo‘lingan.

Yana 119 ta dron yo‘ldan chiqib ketgan va zarar yetkazmasdan yerga qulagan. Ulardan uchtasi Belorusga, biri Rossiyaga qaytgan.

Krivoy Rog shahrida bir kishi halok bo‘lgan, besh kishi yaralangan. Jabrlanganlardan biri og‘ir ahvolda. Mahalliy hukumat shaharga raketa zarbasi berilganini aytdi. 12 ko‘p qavatli uy, qariyalar uyi, cherkov, yoqilg‘i quyish shoxobchasi va avtomobillarga zarar yetgan.

Shuningdek, Zaporoje shahrida 53 yoshli ayol dron hujumi oqibatida jarohat olgan.

Bundan tashqari, Kiyevda bir qancha xususiy uylar va avtomobillarga zarar yetgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22400 | Инструменты