Huawei 1
Ukraina AQSHga 500 mlrd dollar tovon to‘lashdan bosh tortdi

Ukraina AQSHning mamlakat xarajatlarini qoplash bo‘yicha resurs bitimi doirasida ko‘zda tutilgan 500 milliard dollarlik maxsus fondni shakllantirish talabiga qarshi chiqdi. Bu haqda muzokaralar jarayonidan xabardor manbaga tayanib Bloomberg xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev haqiqiy summani taxminan besh baravar kam — taxminan 90 milliard dollarga baholamoqda, AQSH tomonidan kelajakdagi harbiy va moliyaviy yordam bo‘yicha kafolatlarning yo‘qligi esa to‘siq bo‘lib qolmoqda.

Dastlab AQSH ushbu jamg‘arma miqdorini 500 milliard dollargacha belgilashni taklif qilgan edi, biz mazkur taklifni 100 milliard dollargacha kamaytirdik va maxsus vakil Kit Kellogga yubordik, dedi Ukrainaning New Voice nashri manbasi.

Amerika tomonining taklifi 500 milliard dollarlik maxsus jamg‘arma tashkil etishdan iborat bo‘lib, unga Ukraina hissa qo‘shadi va u butunlay AQSHga tegishli bo‘ladi. Vashington tomonidan tuzilgan kelishuv rejasida Ukraina tabiiy resurslardan, jumladan, minerallar, gaz va neftdan, shuningdek, portlar va boshqa infratuzilmadan olinadigan daromadlarning yarmidan voz kechishi nazarda tutilgan.

Bu jamg‘arma Ukrainani uzoq muddatli rekonstruksiya qilish va rivojlantirishga yo‘naltiriladi, bu yerda AQSH iqtisodiy huquqlarga va kelajakdagi investitsiyalarni boshqarish huquqiga ega bo‘ladi, dedi AQSH moliya vaziri Skott Bessent.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH Ukrainadagi jismoniy aktivlarga egalik qilishga da’vo qilmaydi, shuningdek, bu mamlakatni yirik qarzdorga aylantirmoqchi ham emas.

Biz noyob yer metallari va neft, olishimiz mumin bo‘lgan hamma narsani so‘raymiz, dedi AQSH prezidenti Donald Tramp.

Uning fikricha, Vashington Ukrainaga yordam uchun 350 milliard dollarga yaqin mablag‘ ajratgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22400 | Инструменты