Huawei 1
Asakada tezlikni oshirgan Damas zovurga ag‘darildi

22 fevral kuni Andijon viloyatining Asaka tumanida Damas mashinasi zovurga tushib, ag‘darilib ketdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, tumanning “Yangi obod” MFY hududidan o‘tgan D-105 “Farg‘ona halqa” avtomobil yo‘lining 168-kilometrida 25 yoshli haydovchi o‘zining Damas rusumli avtomashinasida “Asaka - Farg‘ona” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan vaqtida belgilangan tezlik me’yoriga rioya qilmagan va oraliq masofani saqlamagan.

Oqibatda soat 23:00 da o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda chapga qayrilib olmoqchi bo‘lgan Nexia-3 avtomashinasining orqasidan borib urilgan. Buning oqibatida Damas haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi zovurga tushib, ag‘darilib ketgan.

Viloyat YHXBning yozishicha, ushbu YTHda tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q, avtomashinalar texnik shikastlangan. Holat yuzasidan hozirda Asaka tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22400 | Инструменты