Serxio Ramos: "Real" Madridga qarshi o‘yinda "PSJ" uchun o‘lishga ham tayyorman
"PSJ" himoyachisi Serxio Ramos Chempionlar ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan "Real"ga qarshi o'yin haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Samolyotga tushganimda raqib «Yunayted» edi, bu jamoa menga yoqdi, ammo keyin qur'a bekor bo'lib chiqdi. Men bu qarama-qarshilikdan qochishni istardim, ammo Bernabeuga qaytish quvonch uchun sababdir. Kovid tufayli muxlislar bilan xayrlasholmadim. Men "Real"ga qanchalik bog'langanim va sevishimni tasavvur ham qilolmaysiz.
Endi men “PSJ” sharafini himoya qilaman va "Real"ga qarshi o‘yinda bor kuchimni ishga solaman. Bu men uchun umid uyg'otadigan jamoa. "PSJ" uchun o'lishga ham tayyorman", dedi Ramos.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51008 | Инструменты