Huawei 1
Srechko Katanes bosh murabbiylikdan ketdi

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar sababli Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan tuzilgan shartnomani oʻzaro rozilik bilan bekor qilishga qaror qildi

Sloveniyalik murabbiy oʻz murojaatida hozirgi holatida vazifalarini toʻlaqonli, professional tarzda bajara olmasligini afsus bilan qayd etdi. Doimiy qoʻllab-quvvatlagani va samarali hamkorlik uchun assotsiatsiyaga oʻz minnatdorchiligini bildirdi. Terma jamoamizga Jahon chempionati saralash bahslarida omad tiladi.

“O‘z navbatida, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Srechko Katanesga terma jamoamiz boshqaruvidagi mehnatlarini uchun minnatdorchilik bildiradi. Salomatligini tiklab, murabbiylik faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirishini tilaydi”, — deyiladi xabarda.

O‘FA hamda Srechko Katanes o‘rtasidagi shartnoma o‘zaro do‘stona munosabatlarni saqlagan holda bekor qilindi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi lavozimiga munosib nomzod tayinlash borasida ish olib bormoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12215 | Инструменты