Huawei 1
Oq uy: Husiylar 2023-yildan beri AQSh kemalariga 300 dan ortiq hujum qilgan

Yamanning “Ansor Alloh” isyonchi harakatidan husiylar 2023-yildan beri AQSh harbiy va tijorat kemalariga 300 martadan ortiq hujum qilishgan. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati e’lon qilgan bayonotda aytilgan.

“2023 yildan beri AQSh harbiy kemalari husiylar tomonidan 174 marta, AQSh savdo kemalari esa 145 marta hujumga uchragan”, — deyiladi hisobotda.

"Hech bir terrorchi kuchlar Amerika savdo va harbiy kemalarining dunyo dengiz yoʻllari boʻylab erkin suzib yurishiga toʻsqinlik qila olmaydi. Bizning iqtisodiy va milliy xavfsizligimiz juda uzoq vaqtdan beri husiylar tomonidan hujumga uchramoqda. Bugun [AQSh prezidenti Donald] Trampning harakatlari va rahbariyati bunga chek qoʻyishi kerak", - deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp amerikalik harbiylarga husiylarga qarshi harbiy amaliyotlar boshlashni buyurgan edi. Uning ta'kidlashicha, isyonchilarning Amerika kemalariga hujumlari zudlik bilan to'xtatilishi kerak.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31707 | Инструменты