Shveysariyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi jiddiy ogohlantirish bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, shu kunlarda Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchixonasiga ushbu davlatga soxta ishga taklif qilish va qalbaki ishlash ruxsatnomalari bilan bog‘liq murojaatlar ko‘paygan. Bu haqda elchixona va Migratsiya agentligi fuqarolarni ogohlantirishga qaror qildi.
"Xonimlar va janoblar, biz Shveysariyaning Toshkentdagi elchixonasida firibgarliklar, jumladan, Shveysariyaga yolg‘on ish takliflari va “u yerda ishlashga”, deb berilayotgan soxta ishlash ruxsatnomalari haqida tez-tez eshitayapmiz. Shunday ekan, O‘zbekistonda yashab, Shveysariyada ish qidirayotgan bo‘lsangiz, firibgarlik qurboni bo‘lib qolishdan o‘zingizni himoya qiling.
Agar sizga ish taklifi kelib tushsa, juda ehtiyot bo‘ling va uning chindan ham haqiqiyligini tekshiring. Ish taklifining haqiqiyligini tekshirish uchun Shveysariyadagi potensial ish beruvchi bilan bevosita aloqada ekanligizga ishonch hosil qiling.
Eʼtibor bering, firibgarlar o‘zlarini kompaniya vakili sifatida ko‘rsatishadi va kompaniya yoki hatto, Shveysariya rasmiylari nomidan soxta hujjatlar yasaydi. Shuning uchun, Shveysariyada ishga olmoqchi bo‘lgan kompaniya bilan to‘g‘idan-to‘g‘ri muloqot qilayotganingizni turli manbalardan foydalanib tekshiring.
Juda muhim: hech qanday sharoitda pul to‘lamang yoki o‘tkazmang! Agar ish taklifi haqiqiy bo‘lsa, ishlash uchun ruxsatnoma olish ish beruvchining zimmasida bo‘ladi. Ish vizasini olish uchun Shveysariyaning Moskvadagi elchixonasida joylashgan Mintaqaviy konsullik markaziga shaxsan ariza topshirishingiz kerak bo‘ladi. Toshkentdagi elchixonaga emas!
Agar siz o‘zingizni bunday jinoyat qurboni yoki firibgarlar bilan aloqada bo‘ldim, deb hisoblasangiz, bu haqda mahalliy ichki ishlar organiga xabar berishingizni tavsiya qilamiz", - deydi Shveysariyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Konstantin Obolenskiy.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31622 | Инструменты