Huawei 1
Timur Kapadze Parijdagi Olimpiya o‘yinlari uchun yakuniy tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Parij Olimpiadasiga boradigan 22 nafar futbolchi nomini e‘lon qildi.

Ushbu ro‘yxatdan bir futbolchi – Alibek Davronov tushib qoldi. U jarohat sabab Parijga yo‘l oladigan tarkibdan o‘rin olmadi.

Turnir reglamentiga muvofiq, 3 nafar 23 yoshdan yuqori futbolchilar musobaqada ishtirok etishi mumkin. Bosh murabbiy bundan imkoniyatni Eldor Shomurodov, Oston O‘runov va Husniddin Aliqulovga berishga qaror qilgan.

Ma’lumot uchun, Parij—2024 Olimpiadasida O‘zbekiston U23 jamoasi Olimpiadada C guruhidan joy oldi. O‘zbekiston U23 termasi guruhda Ispaniya, Dominikan va Misr kabi terma jamoalar bilan bahs olib boradi. Ispaniya bilan o‘yin 24-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, turnir davomida 18 nafar futbolchi yakuniy ro‘yxatdan joy oladi. Temur Kapadze jamoasi 11 iyul kuni Parijga uchadi. Olimpiada oldidan 15 iyulda Gvineya, 18 iyulda Yangi Zelandiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkaziladi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90805 | Инструменты