Huawei 1
“To‘g‘ri ovqatlanib, to‘g‘ri uxlashimiz kerak. Kambek uchun imkon ko‘rdim”, — Mbappe “Bavariya” haqida

Fransiyaning PSJ klubi hujumchisi Kilian Mbappe YChL nimchorak finalidan oʻrin olgan “Bavariya” (0:1) bilan oʻyindan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi.

“Oʻyin oxirida nima boʻlganini unutmasligimiz kerak. Magʻlubiyatga uchradik, ammo raqibga muammo yaratishimiz mumkinligini koʻrdik. Javob bahsiga keyingi bosqichga chiqishni maqsad qilgan holda boramiz. Vaziyat oldindan aytib boʻlmaydigan edi, mening tushishim (57-daqiqada zaxiradan qoʻshildi) rejalashtirilmagan edi, lekin sheriklarimga yordam berishni xohladim. Biz tun-u kun ishladik.

Javob oʻyinigacha hammamiz sogʻlom boʻlishimiz, toʻgʻri ovqatlanishimiz va yaxshi uxlashimiz kerak. Toʻliq tarkibda boʻlib, hujumkor futbol koʻrsatsak, raqib oʻzini noqulay his qiladi. Kambek uchun imkoniyat borligini koʻrdim”, — deydi Mbappe.

Maʼlumot uchun, Myunxendagi javob oʻyini 8-martdan 9-martga o‘tar kechasi oʻtkaziladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21103 | Инструменты