Huawei 1
Tyerri Anri Zidanning murabbiylik faoliyatini qayerda davom ettirishini aytdi

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan bir necha kun avval murabbiylik faoliyatini tez orada yana davom ettirishi haqida gapirgan edi.

Zinedin Zidanning Fransiya terma jamoasidagi sobiq jamoadoshi Tyerri Anri “CBS Sports” telekanaliga bergan intervyusida “Real” sobiq bosh murabbiyining kelajakdagi manzili qayer boʻlishi mumkinligini taxmin qildi.

“Menimcha, Zinedin ”Yuventus“ga bormaydi. Katta ehtimol bilan u Fransiya terma jamoasini kutmoqda”, — deydi Anri.

Ma’lumot uchun, Fransiya terma jamoasining hozirgi kundagi bosh murabbiyi Didye Desham hisoblanadi. Fransiya bilan 2018-yilgi Jahon chempionatida chempionlikka erishgan Deshamning shartnomasi 2024-yilga qadar moʻljallangan.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101616 | Инструменты