Huawei 1
24-oktabr: O'tgan tunning eng qaynoq futbol yangiliklari bir sahifada

* "Barselona" yozda "Yuventus" yarim himoyachisi Adrien Rabyoni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Futbolchi ham bunga rozi;

* Usmon Dembelening "Atletik" darvozasiga urgan goli "Barselona"ning La Liga tarixidagi "Kamp Nou" stadionida urilgan 4000-goli deya tarixga kiritildi;

* "Real Madrid" "Borussiya Dortmund" bilan Braim Dias hamda Jud Bellingem ikkisini ayirlashboshlash masalasini ko'rib chiqmoqda. Dortmundliklar bunga rozi;

* "Barselona" qishgi transferlar oynasi vaqtida Frank Kessini sotib yubormoqchi. Ta'kidlanishicha, Xavi afrikalik futbolchini o'zining kelajak rejalariga kiritmagan;

* Rasman — Unai Emeri "Aston Villa" bosh murabbiyi. U iste'foga chiqarilgan Stiven Jerrardning o'rnini egalladi;

* Zinedin Zidan tez orada yana murabbiylik faoliyatiga qaytishi haqida xabar berdi. Biroq, uning qaysi klubga qaytishi hozircha, so'roq ostida;

* "Vilyarreal" Emeri o'rniga yangi nomzod topib qo'ygan. Ta'kidlanishicha, "Barsa" va "Betis" sobiq bosh murabbiyi Kike Setyen bu lavozimga tayinlanadi.

Izohlar: 2
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101618 | Инструменты