Birgina mushukni deb futbolchining butun hayoti ostin-ustun bo'lib ketishi mumkin
Angliyaning "Vest Hem" klubi hujumchisi Maykl Antonio jamoadoshi Kurt Zuma va mushuk bilan bog'liq hodisaga o'z munosabatini bildirdi.
Eslatib o'tamiz, Zuma mushukni kaltaklagani aks etgan videoni ijtimoiy tarmoqlarga joylaganidan so'ng, unga nisbatan juda ko'plab sanksiyalar qo'llandi. Jumladan, ba'zi mutaxassislar uning Fransiya terma jamoasi safidan chetlatilishini aytishdi; 100 ming nafardan oshiqroq fuqarolar onlayn petisiya imzolab, Zumani javobgarlikka tortishni talab qilishdi; “Vest Xem” Zumani 250 ming funt (340 ming dollar) jarimaga tortdi va bu pullar hayvonlarni himoya qilish markazlariga yo‘naltiriladi; "Adidas" Zuma bilan shartnomani bekor qildi; Fransiyada Zumani 4 yillik qamoq jazosiga hukm qilishlari mumkinligi aytildi.
"Zuma yaxshi ish qilmadi. Men uni yoqlamayman. Ammo nahotki bu ishni irqchilikdan ham yomonroq deb hisoblaysiz?! Irqchilik bilan ayblanganlarni ko‘pi bilan bir nechta o‘yinga chetlatishdi va ular keyin yana maydonga qaytishgan. Zumani esa futboldan chetlatishni talab qilishmoqda. Bir insonni yashash uchun moliyaviy manbaidan ayirishni so‘rashyapti Zumaning qilgan ishi irqchilik qilgan kishilarning ishidan ham yomonroqmi?", – deydi Antonio.
Eslatib o'tamiz, Zuma mavsum boshida "Chelsi"dan "Vest Hem"ga ko'chib o'tgan edi. U mavsum davomida 16 ta o'yinda ishtirok etib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120421 | Инструменты
Bu qipqizil ahmoqlik
Ёвропани томи кетибди. Мушукни урганини Футболга нима алокаси бор. Худди шунакиб Суперлиганиям йук килишди.