Huawei 1
“Vinisius provokator? Qo‘shilaman. Aynan unga nisbatan qoidani ko‘p buzishadi”, — Anchelotti

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti madridliklar a’zosi Vinisius Juniorning provokatorligi haqidagi savolga javob berdi.

“Vinisius provokator deganlarga qoʻshilaman. Ammo aynan unga nisbatan koʻpincha oʻyin qoidasini buzishadi. Siz unga nisbatan nafaqat futbolchi, balki inson sifatida ham hurmatsizlik qilmasligingiz lozim. Bu barchaga teginli, faqat top futbolchilarga emas.

Odam maydonga futbol oʻynash uchun chiqadi, provokatsiya qilish uchun emas. Ammo Vinisius yanada kuchayishi mumkin. Chunki u yosh va futbolni yaxshi koʻradi. Provokatsiya yaxshi emas. Bu ishni amalga oshirayotgan odam xato qilyapti. Va buni unga tushuntirish qiyin. Chunki uning oʻzi provokatsiya yoʻq deb oʻylaydi”, — deydi Anchelotti.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101620 | Инструменты