Huawei 1
Zinedin Zidan uchta terma jamoadan kelgan takliflarni rad etdi

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi sobiq bosh murabbiyi, fransiyalik mutaxassis Zinedin Zidan bir nechta terma jamoa taklifini rad etgani ma'lum bo'ldi.

“Daily Mail” nashrining xabar qilishicha, fransiyalik mutaxassis Braziliya, Portugaliya hamda AQSH terma jamoalari taklifiga rad javobini bergan.

Qayd etilishicha, Zidan terma jamoalar orasidan faqat Fransiyani boshqarishni istagan. Ma’lumot uchun, Zinedin 2021-yilning yozida “Real”dan ketganidan beri ishsiz yuribdi.

Avvalroq Didye Desham Fransiya terma jamoasi bilan amaldagi shartnomasini 2026-yilga qadar uzaytirgani ma’lum qilingandi.

Mavzuga doir:

Kutilmagan qaror: Zidan dunyoning eng kuchli terma jamoasi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin

Uzoq kutilgan qaror: Zidan faoliyatini qayerda davom ettirishi ma’lum bo‘ldi

Tyerri Anri Zidanning murabbiylik faoliyatini qayerda davom ettirishini aytdi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101614 | Инструменты