«O‘zbekinvest» kompaniyasi joriy yilning 9 oyida 11,7 mlrd so‘m sug‘urta qoplamalarini to‘lab berdi

Sug‘urta kompaniyalari uchun sug‘urta hodisasi yuz berganda mijozlarning da’volarini imkon qadar tez ko‘rib chiqib, sug‘urta badallarini o‘z vaqtida to‘lab berishi ularning nufuzini belgilab beruvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi.

«O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi bu borada ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlari sifatini oshirish, mijozlar talab va ehtiyojlarini puxta o‘rganishga qaratilgan sa’y-harakatlari bilan birga sug‘urta badallari to‘lovini o‘z vaqtida amalga oshirib kelmoqda. Sug‘urta shartnomalari bo‘yicha o‘z mijozlari oldida qabul qilingan majburiyatlarni vaqtida bajarish Kompaniyaning ustuvor vazifalaridan biridir.

Raqamlarga murojaat qilsak, 2017 yilning o‘tgan 9 oyida jami 6717 ta sug‘urta da’volari ko‘rib chiqilib, 11,7 mlrd. so‘m sug‘urta qoplamalari to‘lab berilgan. To‘lab berilgan qoplamalarning 67 foizi yuridik shaxslar, 33 foizi esa jismoniy shaxslar ulushiga to‘g‘ri keladi.

Faqat sentabr oyining o‘zida 462 ta sug‘urta da’volari ko‘rib chiqilib, 654 mln. so‘m hajmida sug‘urta qoplamalari to‘lab berilgan. Sentabr oyida to‘lab berilgan ayrim sug‘urta qoplamalariga e’tibor qaratsak, sodir bo‘lgan sug‘urta hodisalari yuzasidan berilgan da’vo arizalarini ko‘rib chiqilishi natijasida ish beruvchining fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urtasi bo‘yicha yetkazilgan zararlarni qoplab berish uchun Andijon viloyatida ishlab chiqarish sohasida faoliyat yurituvchi korxonaga 64 mln. so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi tadbirkorlik sub’ektiga mulk kompleks sug‘urtasi bo‘yicha 11 mln. so‘m sug‘urta qoplamalari to‘lab berildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72405 | Инструменты