Huawei 1
6 ta viloyat hokimi va bir qator hukumat a’zolari mukofotlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida” farmon imzoladi.

Farmon bilan bir guruh fuqarolar mamlakat iqtisodiy qudratini mustahkamlash va islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, Yangi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun taqdirlandi.

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan chorvador” faxriy unvoni bilan

Ismoilov Faxriddin Tursunovich – Oltinko‘l tumanidagi “Baxt imkon rivoj chorvasi” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Andijon viloyati
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan pillachi” faxriy unvoni bilan

Hamidov Musurmon – Nurota tumanidagi “Nurota agropilla” MChJ pillachisi, Navoiy viloyati
Choriyeva Jumaxol Qurbonovna – Bandixon tumanidagi “Bandixon agropilla” MChJ pillachisi, Surxondaryo viloyati
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan paxtakor” faxriy unvoni bilan
Kodirov Baxtiyor Abdusalomovich – Mingbuloq tumanidagi “Baxtiyor Abdusalomovich” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Namangan viloyati
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi” faxriy unvoni bilan

Alixonov Boriy Botirovich – Oliy Majlis Senatining Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi
Mirzayeva Oyistaxon Mamajonovna – Izboskan tumanidagi “Gulzor pari” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Andijon viloyati
Novitskiy Zinoviy Bogdanovich – O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan irrigator” faxriy unvoni bilan

Qurbonov Ilhom Uzoqovich – Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i, Qashqadaryo viloyati
Ostanov Razzoq Mapizayevich – “Amu-Buxopo” mashina kanalidan foydalanish boshqapmasi boshlig‘i, Buxoro viloyati

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi” faxriy unvoni bilan

Abdirashidov Ahror Normatovich – “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning sanoat temir yo‘l transporti boshqarmasi uchastka ustasi, Toshkent viloyati
Mustafoyev Ulug‘bek Mavlonovich – “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi
Xudayberdiyev Abror Jabborovich – “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJ bosh texnologi, Buxoro viloyati

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog” faxriy unvoni bilan

Rudnev Sergey Vyacheslavovich – “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ bosh geologi, Navoiy viloyati
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi” faxriy unvoni bilan

Rahmonov Baxtiyor Sultonovich – Toshkent shahar hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan transport xodimi” faxriy unvoni bilan

Azimov Raxmatjon Mahmudjonovich – “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “O‘zbekiston” lokomotiv deposi “Afrosiyob” yuqori tezyurar elektropoyezdi mashinisti, Toshkent viloyati
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi” faxriy unvoni bilan

Nutfullayev Amrillo Xayrullayevich – “Uzbekistan Airways” AJ Parvozlar xizmati departamenti “A-320” havo kemasi komandirining o‘rinbosari

“El-yurt hurmati” ordeni bilan

Abdijabbarov Tursinbay – “Nuroniy” jamg‘armasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi boshlig‘i
Jabborova O‘g‘ilxon Muxtaraliyevna – Oltinko‘l tumanidagi “Safarobod” MFY raisi, Andijon viloyati
Irkayev Abduraxim Pandjiyevich – Oliy Majlis Senati a’zosi, Qarshi davlat universitetining milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari kafedrasi professori, Qashqadaryo viloyati
Qalandarov Daniyor Bobaqozaqovich – Baxmal tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, Jizzax viloyati
“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

Abdurahmonov Shuhratbek Ko‘shoqboyevich – Andijon viloyati hokimi
Mirzayev Zoyir Toirovich – Toshkent viloyati hokimi
Turdimov Erkinjon Oqbutayevich – Samarqand viloyati hokimi
Umarov Nariman Madjitovich – Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi
Usmonov Rahmonbek Jahongirovich – “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasi boshlig‘i

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Abdullayev Manzur Javdatovich – “Nuroniy” jamg‘armasining Qo‘qon shahar bo‘limi raisi, Farg‘ona viloyati
Abduhakimov Aziz Abduqahhorovich – O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri
G‘afurov Maxmudjon G‘afurovich – Jizzax shahridagi “Barkamol trans” MChJ rahbari, Jizzax viloyati
Isaqulov Dadajon Aynaqulovich – “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi
Qayumov Abduvali Tojiyevich – “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning Markaziy kon boshqarmasi 2-Gidrometallurgiya zavodi apparatchisi, Navoiy viloyati
Qosimov Ulug‘bek Berdiqobilovich – Surxondaryo viloyati hokimi
Matmusayev Dilshod Sobirovich – Andijon shahar telekommunikatsiyalar bog‘lamasining avtomatlashtirilgan telefon stansiyasi elektr montyori
Mahmadaliyev Shokirjon Shukurovich – “O‘zikkilamchiranglimetall” AJning alyumin qotishmalarini ishlab chiqarish uchastkasi erituvchisi
Orinbayev Amanbay Tleubayevich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi
Rahimov Jo‘rabek Rahimovich – Xorazm viloyati hokimi
Rahmonov Abdumavlon Abdukarimovich – “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning texnologik transport boshqarmasi buldozer mashinisti, Toshkent viloyati

Sadullayeva Faraxat Aminovna – Oliy Majlis Senati a’zosi, Xorazm viloyati Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi rahbari
Turdiyev Abdisodiq Payg‘amovich – Sherobod tumanidagi “Oazis” xususiy korxonasi rahbari, Surxondaryo viloyati
Xo‘jayev Jamshid Abduhakimovich – O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari
Shodmonov Adham Xursanboyevich – Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi
Eshmuratova Matluba Narzullayevna – Oqdaryo tumanidagi “O‘zbekiston” MFY xotin-qizlar faoli, Samarqand viloyati

“Do‘stlik” ordeni bilan

Abdiyeva Oysuluk Abdurahmonovna – Muborak tumanidagi “Geolog” MFY xotin-qizlar faoli, Qashqadaryo viloyati
Abdullayev Abduhoshim Abdullayevich – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri
Abidov Sherzod Abdusamatovich – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimi
Adilov Obid Choriyevich – O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari – bosh muhandisi
Azizov Farmon Izzatovich – “Nuroniy” jamg‘armasining Urgut tumani bo‘limi raisi, Samarqand viloyati
Akramov Alijon Rashitovich – G‘ijduvon tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi muhandis-gidrotexnigi, Buxoro viloyati
Anvarov Kozimjon – Farg‘ona shahridagi “Eko shaharcha” qurilish loyihasi rahbari, Farg‘ona viloyati
Annaklichev Saxi Saparmuxamedovich – “Biznesni rivojlantirish banki” ATB raisi
Ahmedov Ilhomjon Iminovich – Bo‘ston tumanidagi “Mehnatobod” MFY raisi, Andijon viloyati
Ahmedova Maryam Xalilayevna – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi
Basidov Iskandar Sobitovich – O‘zbekiston Respublikasi energetika sohasi faxriysi
Bekmirzayeva Ra’noxon Mahmudovna – Uychi tumanidagi “Mega Tekstil” MChJ ip yigiruvchisi, Namangan viloyati
G‘aniyev Abdumajid Rashidovich – “12-trest” AJning 50-qurilish boshqarmasi g‘isht teruvchilar brigadasi boshlig‘i, Toshkent shahri
Gobenova Nigargul Mirzabayevna – Nukus shahridagi “Altin jag‘is” MFY raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Zubanova Valentina Ivanovna – O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasi agentligining aeronavigatsiya va havodagi harakatni boshqarishni nazorat qilish bo‘limi bosh mutaxassis-inspektori
Isayev Akram Amanullayevich – Uchtepa tumanidagi “Ko‘prik qurilish servis” MChJ rahbari, Toshkent shahri
Kalandarov Davron Narimovich – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimi
Kodirov Tayir Yandashovich – “Navoiyuran” davlat korxonasining uran ishlab chiqarish zavodi ekstraksiya va qizdirish uchastkasi qizdiruvchisi, Navoiy viloyati
Kosherov Jyenis Andreyevich – “Ustyurt qidiruv-burg‘ilash boshqarmasi” MChJning burg‘ilash brigadasi muhandis-mexanigi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Qudbiyev Sherzod Davlatovich – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi raisi
Quronboyev Qahramon Qo‘chqarovich – O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi
Kushmanov Ilyos – “Shovot-Qulovot” irrigatsiya tizimi boshqarmasining “Daryolik arna” kanali boshlig‘i, Xorazm viloyati
Madaminov Yakubjan Madaminovich – Guliston tumani nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli, Sirdaryo viloyati
Mamatqulov Murodali Haydarovich – Samarqand shahridagi “Maroqand obod” davlat unitar korxonasi maxsus avtomashina haydovchisi, Samarqand viloyati
Mamatqulov Rustam Uktamovich – “Agrobank” ATB raisi
Mahmadaliyev Baxtiyor Hasanovich – O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi raisining o‘rinbosari
Mirzamahmudov Jo‘rabek Tursunpo‘latovich – O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri
Mo‘minov G‘aybullo Rizoyevich – Jondor tumanidagi “Mo‘minov G‘aybullo” MChJ rahbari, Buxoro viloyati
Muxammedov Sodiqjon – Mirzaobod tumanidagi “A.Masterfruit” MChJ boshqaruvchisi, Sirdaryo viloyati
Normurodov Toxir Omonturdiyevich – Boysun tumanidagi “O‘rmonchi” MFY raisi, Surxondaryo viloyati
Rayimov Ro‘ziqul Obloqulovich – O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirining elektr energetikasi bo‘yicha maslahatchisi
Rasulov Nurmaxamat Ramazanovich – “To‘palang HPD Holding” MChJ buldozer mashinisti
Ro‘ziqulova Sanobar Botirovna – Bekobod tumanidagi “Lolazor ifori” dehqon xo‘jaligi boshlig‘i, Toshkent viloyati
Tojiyeva Marguba Inayatovna – Shayxontohur tumanidagi “Gulbozor” MFY raisi, Toshkent shahri
Tursunov Normat To‘lqinovich – Navoiy viloyati hokimi
Urazaliyeva Muqaddas O‘ktamovna – Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi a’zosi
Fozilov Ahmad Turg‘unboyevich – To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “4-qishloq qurilish kombinati” MChJ kuzatuv kengashi raisi, Namangan viloyati
Fozilova Svetlana Antonovna – Sariosiyo tumanidagi “Chosh” MFY xotin-qizlar faoli, Surxondaryo viloyati
Xvan Olga Borisovna – Paxtakor tumani nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli, Jizzax viloyati
Xolbutayev Mahmud Parsamatovich – Sharof Rashidov tumani hokimi, Jizzax viloyati
Xolmahamatova Shahnoza Baxtiyor qizi – Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi a’zosi
Shoxxo‘jayev Fayzullo Ziyoxo‘jayevich – “Norin-Qoradaryo” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi mutaxassisi, Andijon viloyati
Elmuradov Shokir Mengnorovich – “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJning etilen ishlab chiqarish sexi texnologik qurilma operatori, Qashqadaryo viloyati
Ergashev Ibrohim Kenjabayevich – O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91318 | Инструменты