O'zbekiston prezidentining tashqi siyosat masalalari bo'yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiyasi Bryusselda Yevropa kengashi Prezidenti kabinet rahbari Pedro Lurti, Ittifoqning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo'yicha Oliy vakili Vivian Lunella, shuningdek, Yevropa ittifoqining terrorizmga qarshi kurash koordinatori Bartyan Vegter bilan uchrashuv o'tkazdi.
Pedro Lurti bilan suhbat chog'ida joriy yilning 3-4 aprel kunlari Samarqandda bo'lib o'tadigan "Markaziy Osiyo – Yevropa ittifoqi" sammiti doirasida mintaqalararo hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari ko'rib chiqildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22415 | Инструменты