Huawei 1
Afg‘oniston O‘zbekiston bilan aloqalarni mustahkamlamoqchi

Afg‘oniston bosh vazirining ma’muriy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Mavlaviy Abdul Salam Hanafiy O‘zbekistonga tashrif buyurib, Buxoro viloyatidagi islomiy va tarixiy maskanlarni ziyorat qildi.

Qayd etilishicha, Hanafiy va uning hamrohlari Afg‘oniston bilan savdo-sotiq, madaniy va ijtimoiy aloqalari mustahkam bo‘lgan Buxoroga tashrif buyurib, Buxoroning islomiy va tarixiy maskanlarini ziyorat qilgan.

Tashrif chog‘ida uni Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov boshchiligida rasmiylar kutib olgan.

Zaripov O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida ko‘plab madaniy va tarixiy o‘xshashliklar mavjudligini ta’kidlab, ulardan ikki davlat ham ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashda foydalanishi mumkinligini qo‘shimcha qilgan.

Shuningdek, Mavlaviy Hanafiy Afg‘oniston va O‘zbekistonni o‘ziga xos tarixiy qadimiylikka ega, islom madaniyati va sivilizatsiyasida munosib o‘rin egallagan ikki davlat deb atagan va bu pozitsiyadan to‘g‘ri foydalanish orqali ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish mumkinligini qayd etgan.

Afg‘oniston bosh vazirning maʼmuriy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Mavlaviy Abdul Salam Hanafiy 30-noyabr kuni O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi. U mamlakatning yuqori mansabdor shaxslari, jumladan, bosh vazir Abdulla Aripov, bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjaev bilan uchrashgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120423 | Инструменты