Huawei 1
Baxtiyor Saidov Qirg‘iz Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev bilan uchrashdi

2024-yilning 14-aprel kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qirg‘iz Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev bilan uchrashdi.

“Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” Strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi uchrashuvida ishtirok etish uchun Toshkentga kelgan Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev janoblari bilan ko‘rishganimizdan mamnunmiz. Hech shubhasiz, ikki tomonlama aloqalarimiz barcha yo‘nalishlarda misli ko‘rilmagan darajada rivojlanib bormoqda. Bugungi kunda mintaqaviy yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini namoyon etayotgan Markaziy Osiyoning har qachongidan ham ko‘proq namuna bo‘layotganini ta’kidladik. Shuningdek, bo‘lajak oliy darajadagi muloqotlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni imzoladik", deya yozgan u.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122707 | Инструменты