Baxtiyor Saidov Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuv o‘tkazdi

25 aprel kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning Olmaota shahrida Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi siyosiy byurosi a’zosi, Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Saidov o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.

Ma’lum qilinishicha, uchrashuv davomida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini chuqurlashtirish masalalari yuzasidan ochiq va atroflicha fikr almashilgan.

“Suhbatimiz savdo, transport-logistika aloqalari, mintaqaviy xavfsizlik va xalqaro hamkorlik kabi keng ko‘lamli yo‘nalishlarni qamrab oldi”, deb yozadi Saidov.

Shuningdek, Baxtiyor Saidov O‘zbekistonning taraqqiyotini doimiy qo‘llab-quvvatlayotgani, barqaror, farovon va o‘zaro bog‘langan mintaqani barpo etishga qaratilgan umumiy intilishlari uchun Xitoy tomoniga minnatdorlik bildirgan.

“Ikki tomonlama aloqalarimizdagi yuqori dinamikani davom ettirishga kelishib oldik”, deya yozgan O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22020 | Инструменты