BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Dilbuloq mahallasiga tashrif buyurdi

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish poytaxtning Yakkasaroy tumanidagi Dilbuloq mahallasiga tashrif buyurdi.

Mehmonga O‘zbekistonda mahalla instituti tizimi haqida batafsil ma'lumot berildi. Bu yerda yaratilgan sharoitlar xususida alohida to‘xtalib o‘tildi. Jumladan, ish bilan ta'minlash, yoshlarni ta'limga yo‘naltirish, yakka tartibdagi tadbirkorlik shoxobchalari faoliyati bilan tanishildi. Antoniu Guterrish mahalla faollari bilan ham samimiy suhbatlashdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70316 | Инструменты