Toshkent viloyati hokimining 24-fevraldagi farmoyishida Chirchiq shahri hokimi vazifasini bajarish vaqtincha hokim o‘rinbosari Jur’atbek Rahmonovga yuklangani ma’lum qilingan.
Qayd etilishicha, Davron Hidoyatovning sog‘lig‘i yomonlashgani sababli Chirchiq shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajarish hokimning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Jur’atbek Rahmonov zimmasiga yuklandi.
Farmoyishga asos sifatida Davron Hidoyatovning tibbiy xulolasi keltirilgan.
Davron Hidoyatov 2014−2017-yillarda O‘zbekiston Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni kuchaytirish davlat qo‘mitasi raisi, 2017−2018-yillarda Chilonzor tumani hokimi, 2018−2021-yillarda Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
2020-yil yanvar oyi oxirida Toshkent viloyati hokimi etib tayinlangandi, 2021-yil noyabrida esa prezident uni lavozimdan ozod etgan va u Chirchiq shahri hokimligiga tushirgan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Toshkent viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ushbu shahar hokimiga hayfsan bergandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111407 | Инструменты