Huawei 1
Fuqarolarning huquq va erkinliklarini sud orqali ishonchli himoya qilish tizimi mustahkamlanmoqda

Keyingi yillarda O'zbekistonda qonun ustuvorligini taʼminlash, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarish va jamiyatda adolatni qaror toptirish maqsadida sud-huquq sohasini tubdan isloh etishga doir keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Senatning qirq oltinchi yalpi majlisida sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati Fuqarolik protsessual, Iqtisodiy protsessual kodekslarga, Maʼmuriy sud ishlarini yuritish va Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi to‘rtta qonun muhokama qilindi.

Kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga ko‘ra qonuniy kuchga kirmagan sud qarorlari shikoyat (protest) asosida apellyatsiya tartibida, qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari, agar ular apellyatsiya tartibida ko‘rilmagan bo‘lsa, kassatsiya tartibida, apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan sud qarorlarini taftish tartibida ko‘rish belgilanmoqda. Qonuniy kuchga kirgan sud qarorlarini kassatsiya tartibida ko‘rib chiqish vakolati viloyat sudi va unga tenglashtirilgan sudlar vakolatiga o‘tkazilmoqda.

Sud qarorlarini qayta ko‘rish bosqichlariga taftish instansiyasi kiritilishi munosabati bilan Fuqarolik protsessual, Iqtisodiy protsessual kodekslarga, Maʼmuriy sud ishlarini yuritish va Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarda taftish instansiyasida ish yuritish tartibi batafsil yoritilmoqda. 

Jumladan, Qonun bilan Fuqarolik protsessual kodeksiga sud ishlarini ko‘rishning o‘ta markazlashtirilishiga barham berilishini, ishlarni viloyat sudlarida va ularga tenglashtirilgan sudlarda apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida ko‘rish bosqichlari joriy etilishini, ishlar Oliy sudda taftish tartibida hamda Oliy sudning Rayosatida qayta ko‘rilishini, yuqori turuvchi sudlar tomonidan quyi sudlarning bekor qilingan qarorlarini yangidan ko‘rish uchun qaytadan ushbu sudlarga yuborish tartibi chiqarib tashlanishini, har bir sud instansiyasining zimmasiga ish bo‘yicha yakuniy qaror chiqarish majburiyati yuklatilishini, sud qarorlarini qayta ko‘rish bosqichlariga taftish instansiyasi joriy etilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Shuningdek, amaldagi yuqori instansiya sudlari tomonidan quyi instansiya sudlarining qarorini bekor qilgan holda yangidan ko‘rish uchun yana quyi sudga yuborish tartibi bekor qilinib, har bir sud instansiyasiga ish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilish majburiyati yuklanmoqda. Shu bilan birga maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror ustidan apellyatsiya shikoyatini berish muddati 20 kundan 10 kunga qisqartirilmoqda.

Bundan tashqari, Maʼmuriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga ishlarni ko‘rishning o‘ta markazlashtirilishiga barham berish, fuqarolarning olis hududlardan sudga kelib sarson bo‘lishining oldini olish maqsadida viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlarda ishlar apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida ko‘rilishini, ishlar taftish tartibida Oliy sudning Maʼmuriy ishlar bo‘yicha sudlov hayʼatida va alohida hollarda Oliy sud Rayosatida ko‘rilishini hamda yuqori instansiya sudlari tomonidan ishlarni yangidan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudiga yuborish tartibi bekor qilinishini, shuningdek yerga oid huquqiy munosabatlar bilan bog‘liq ishlarni maʼmuriy sudlar tomonidan ko‘rishda prokuror ishtirok etishi shartligini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Taʼkidlaganidek, mazkur qonunlarning qabul qilinishi natijasida sudlarda ishlarning sifatli va o‘z vaqtida ko‘rilishi, sud qarorlarini qayta ko‘rishda viloyat sudlari hamda ularga tenglashtirilgan sudlarning imkoniyatlaridan samarali foydalanishga, eng muhimi fuqarolarning sud orqali huquq va erkinliklarini himoya qilish imkoniyatlari kengayib borishiga erishiladi.

Qonunlar senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32920 | Инструменты